Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Бандихон тумани ҳокимлиги
Bugun "YIL AYOLI" milliy tanloving tuman bosqichi bo'lib o'tdi
 

 Bugun Bandixon tumanidagi madaniyat bo’limida tuman hokimligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamkorligida korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan hamda uy bekalari bo‘lgan xotin-qizlar ishtirokida “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Photo: Marat Yunus

Ushbu tanlovning maqsadi mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zlarining ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash,

Photo: Marat Yunus

jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni aniqlash, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish, ishtirokchilar orasida profesionallik, ishbilarmonlik,

Photo: Marat Yunus

raqobatbardoshlik muhitini shakllantirishga imkon berish va bilim darajasini oshirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratish, tanlov ishtirokchilari orasidan yuksak kasb mahoratiga ega bo‘lgan, sohaning fidoyi mutaxassilarini tanlash va ular haqidagi ma’lumotlar bazasini boyitishdan iborat. Tanlov qatnashchilari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha bellashdilar.

Photo: Marat Yunus
Photo: Marat Yunus
-    “Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli”
-    “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”
-    “Yilning eng yaxshi uy bekasi”
-    “Yilning eng jonkuyar ustozi”
-    “Yilning eng faol sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi”nominatsiyalari bo’yicha bellashuvlar bo'lib o'tdi.
Photo: Marat Yunus

Tadbir yakunida g'olib deb topilgan ishtirokchilar faxriy yorliq va estalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Photo: Marat Yunus
Photo:Marat Yunus
Photo: Marat Yunus

 

BANDIXON TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
3 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайтимизнинг янги талқини сизга ёқдими?