Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Бандихон тумани ҳокимлиги
Kuz- qish mavsumiga tayyorgalik ko'rish

Bugun Bandixon tuman hokimligi "Katta majlislar zali" da "2021- 2022 kuz qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish" hamda kuni kecha Yurtboshimiz rahbarligida bo'lib o'tgan videoselektr yig'ilishidagi "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish masalalarini qo'llab- quvvatlash, bu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko'chatlarini ekish" yuzasidan berilgan topshiriqni bajarish bo'yicha katta yig'ilish bo'lib o'tdi.
Mazkur majlisda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik Sherali Ernazarov, Viloyat Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik Sharof Shukurov, Bandixon tuman hokimi O'tkir Choriyev, tuman mutassaddi tashkilotlar rahbarlari, tuman MFY raislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Yig'ilish davomida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik Sherali Ernazarov is gazidan zaharlanishni oldini olish bo'yicha tegishli rahbarlarga jiddiy ko'rsatma va topshiriqlar berdi.
Qolaversa hozirda davom etayotgan emlash jarayonlarida xalqimizga murojaat qilgan tuman hokimi shunday deydi,
- "Hali hanuz bizni bu ko'rinmas vabo tark etgani yo'q.
Bu ofat bilan har qancha kurashib, o'zimiz o'zimizni asramasak amalga oshirilayotgan ishlar befoydadir.
Tumandagi har bir fuqoroni emlash jarayonlarida faollikka chorlayman. Sababi, agarda siz va biz o'zimiz, oilamiz, farzandlarimiz, yurtimiz uchun vaksinatsiya jarayonlarida qatnashsak mamlakatimiz taqdiriga befarq bo'lmagan bo'lamiz. Barchangizni yana bir bora emlash jarayonlarida faollikka chorlayman", - dedi Bandixon tuman hokimi O'.Choriyev.

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
5 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайтимизнинг янги талқини сизга ёқдими?