Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Бандихон тумани ҳокимлиги
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGI MUNOSABATI BILAN BANDIXON TUMAN HOKIMI O'TKIR CHORIYEV ABDUZOIROVICHNING BANDIXON TUMAN XALQIGA TABRIKNOMASI !
" Assalomu - alaykum aziz yurtdoshlar qadrli Bandixonliklar!
Avvalo sizlarni Davlatimiz mustaqilligining o'ttiz yilligi bilan samimiy tabriklayman! Oilangizga tinchlik , qut baraka va osoyishtalik tilayman!
Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini taʼminlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Biz uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan vazifalar – aholining turmush darajasini yaxshilash, tadbirkorlik va xususiy mulk rivojiga keng imkoniyat ochib berish, yoshlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatishga qaratilgan dasturlarimizning ijobiy natijalari nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro jamoatchilik tomonidan ham eʼtirof etilmoqda.
Xalqimiz uchun eng ulugʻ, eng aziz ayyom, erkin, obod va farovon hayot qurish yoʻlidagi barcha yutuq va muvaffaqiyatlarimizning asosiy manbai boʻlgan Vatanimiz mustaqilligining o'ttiz yilliginigini tumanimiz aholisi ko'tarinki kayfiyatda kutib olmoqda.
Fursatdan foydalanib yana bir bora siz aziz yurtdoshlarni hamda Bandixonliklarni bugungi unitilmas bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman.Yurtimiz doimo tinch osmonimiz esa musaffo bo'lsin! "

Bandixon tuman Hokimi

O'tkir Choriyev Abduzoirovich

2260
0
Рўйхатдан ўтиш
1 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайтимизнинг янги талқини сизга ёқдими?